Jahon | 16:24 / 21.09.2018
18474
1 daqiqa o‘qiladi

«Biz juda g‘azabdamiz». Xitoy AQSh sanksiyalaridan keyin bayonot berdi

Foto: Damir Sagolj/Reuters

Xitoy Rossiya bilan harbiy hamkorlik uchun joriy etilgan sanksiyalar tufayli AQShga keskin taqdimnoma yubordi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni yangi sanksiyalardan juda darg‘azab bo‘lgan.

«Amerika tomonining xatti-harakatlari xalqaro munosabatlarning asosiy   prinsiplarini qo‘pol tarzda buzdi», - deya qayd etib o‘tdi Gen Shuan.

Kecha AQSh Xitoy Mudofaa vazirligining ta'minot departamentiga nisbatan Rossiya bilan aloqalar tufayli sanksiyalar joriy etdi. Davlat departamentidan ma'lum qilishlaricha, 2017 yilda Xitoy Rossiyadan 10ta Su-35 samolyotlari va S-400 zenit raketa komplekslari uchun uskunalar xarid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy energetika boshqarmasi rahbari korrupsiyada ayblangani, u uyg‘ur ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid