Jahon | 16:10 / 22.09.2018
12275
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda kosmosdagi tahdidlar ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

Pensilvaniya shtatidagi AQSh Harbiy universiteti huzurida joylashgan Strategik tadqiqotlar instituti Qo‘shma Shtatlarga kosmosdagi ehtimoliy tahdidlar haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda RT hujjat matniga asosan xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, Rossiya va Xitoy kosmosda AQSh kuchlari uchun asosiy tahdid hisoblanadi. Uning mualliflari bildirishicha, Moskva hamda Pekin harbiy-kosmik faoliyatni o‘zlarining qo‘shma harbiy operatsiyalariga qo‘shishga intilmoqda.

«Bu ikki davlatning iddao etishicha, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari tomonidan kelayotgan hamda o‘sib borayotgan tahdidni bartaraf etish uchun o‘z harbiy salohiyatlarini rivojlantirishlari va kuchli yuqori texnologiyali hamda integratsiyalashgan mudofaa tizimini yaratishlari zarur», - deyiladi hujjatda.

Hisobotda ta'kidlanishicha, Rossiya va Xitoy Qo‘shma Shtatlarning asosiy raqiblari sanaladi, sababi ular kosmosda harbiy ustunlikka erishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid