Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB xodimiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqaro A.Yu. umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 16 sotix yer maydonida issiqxona qurganligi holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l tuman bo‘limi tezkor sho‘'basi inspektori J.Aslonovning xizmat xonasida unga 400 AQSh dollari pora bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda MIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026