O‘zbekiston | 10:28 / 22.09.2018
4889
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zagrokimyohimoya” korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zagrokimyohimoya” AJ korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi «Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3574-sonli qaroriga muvofiq, davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining 2018 yil 1 yanvar holatiga moddiy resurslar yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarining to‘lov muddati 3 yilga uzaytirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qarori talablariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilayotgan paxta va g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar maqsadli ravishda oldindan to‘lovlarga yo‘naltirilganligi sababli hududiy “Agrokimyohimoya jamiyatlarining 2018 yilga qadar paydo bo‘lgan kreditor qarzdorliklarini, jumladan byudjyet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi boqimanda qarzlarini so‘ndirish imkoni mavjud emasligini hamda “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olib hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlarining 2018 yil 1 sentabr holatiga byudjyet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorliklari 1-ilovaga muvofiq hamda “Navoiy Azot” AJ korxonasi oldidagi qarzdorliklari 2-ilovaga muvofiq to‘lov muddatini 2021 yilga qadar uzaytirish hamda ularga nisbatan hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

2. Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar “O‘zagrokimyohimoya” AJ bilan birgalikda hisoblangan penya va jarimalarni hadma hisoblangan davlat bojlari, ijro yig‘imlarini hisobdan chiqaradi.

3. Belgilab qo‘yilishicha, to‘lov muddati uzaytirilgan qarzdorliklar 2021 yil 1 yanvaridan har oyda teng ulushlarda to‘lab boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid