Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Shahram G‘iyosov g‘alabasini yana Ronaldu uslubida nishonladi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 22 sentabr oqshomida Londondagi «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazib, nikaragualik Xulio Laguna ustidan g‘alabaga erishdi.
8 raundga mo‘ljallangan jangning to‘rtinchi raundida Shahram G‘iyosov kuchli raqibini ringga qulatganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik bokschi professional ringdagi beshinchi jangida beshinchi g‘alabasiga erishdi.
U o‘zining navbatdagi g‘alabasini nishonlay turib, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu gol urganda amalga oshiradigan xatti-harakatni takrorladi.
Qayd etish kerakki, G‘iyosov 2016 yili Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiada davomida ham g‘alabali janglaridan keyin Krishtianu Ronalduga taqlidan harakat qilib, o‘z g‘alabasini nishonlagandi.
Boxer Giyasov hilariously mimics Ronaldo's goal celebration after winning first fight on the Joshua-Povetkin undercard at Wembley https://t.co/hNTRIodDwq pic.twitter.com/wfoc0XSexY
— MailOnline Sport (@MailSport) 22 sentabrya 2018 g.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024