AQSh Xitoyga o‘ta keskin ayblovlar bilan chiqmoqchi - OAV
Vashington Pekinni AQSh davlat va xususiy sektorlariga «dushmanlik kayfiyatidagi harakatlarda» ayblab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios manbalarga asosan xabar berdi.
Nashrdan ta'kidlashlaricha, Amerika rasmiylari ayblovga qo‘shimcha tarzda dalillarni ham taqdim etadi, ular AQSh ma'muriyatida «tonnalab» topiladi.
Portal manbasi so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoyni uning kiberhujumlar, saylovlarga aralashuv va intellektual mulkni o‘g‘irlashdagi «salbiy faoliyati» uchun ayblab chiqmoqchi.
«Biz faqatgina Rossiyaga qo‘zg‘atuvchi omil bo‘lishga imkon bermoqchi emasmiz. Bu - Rossiya va Xitoy», - deya aytib o‘tdi manba.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Oq uy, Moliya vazirligi, Savdo vazirligi hamda Mudofaa vazirligi Xitoyga ayblovlar bilan chiqadi. Kutilishicha, bu yaqin bir necha hafta ichida yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh sanksiyalaridan keyin bayonot bergandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024