Xitoy Rossiya bilan harbiy hamkorlik uçun joriy etilgan sanksiyalar tufayli AQŞga keskin taqdimnoma yubordi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Gen Şuan ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, Xitoy tomoni yangi sanksiyalardan juda darğazab bölgan.

«Amerika tomonining xatti-harakatlari xalqaro munosabatlarning asosiy   prinsiplarini qöpol tarzda buzdi», - deya qayd etib ötdi Gen Şuan.

Keça AQŞ Xitoy Mudofaa vazirligining ta'minot departamentiga nisbatan Rossiya bilan aloqalar tufayli sanksiyalar joriy etdi. Davlat departamentidan ma'lum qilişlariça, 2017 yilda Xitoy Rossiyadan 10ta Su-35 samolyotlari va S-400 zenit raketa komplekslari uçun uskunalar xarid qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy energetika boşqarmasi rahbari korrupsiyada ayblangani, u uyğur ekani haqida xabarlar tarqalgandi.