Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchi YTH tufayli o‘yinga kech qolib bordi va gol urdi
Donetskning «Olimpik» klubi hujumchisi Maksim Degtyarev Ukraina chempionati oltinchi turi o‘yiniga YTH tufayli kech qoldi.
Sportchining advokati so‘zlariga ko‘ra, uning mashinasiga yuqori tezlik harakatlangan boshqa bir avtomobil kelib urilgan.
«Hodisa o‘yinga bir soat qolganida yuz berdi. Degtyarev formada edi. U voqea joyidan hech qayerga qochib ketmadi. Hujjatlarini berdi, politsiyaga tushuntirish xati yozdi. Ular esa rasmiylashtirishga shoshilishmadi. U o‘yinga kech qolayotgandi - asosiy tarkib o‘yinchisi juda muhim, shuning uchun do‘stlariga kalitini berdi. Politsiya rasmiylashtirishda davom etayotganida, men uni o‘yinga olib borib qo‘ydim», - deya Aleksandr Mashkovning so‘zlarini keltiradi Football.ua
Ta'kidlanishicha, Degtyarev maydonga 46-daqiqa tushgan. U 82-daqiqada gol kiritdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.

Mavzuga oid
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
21:30 / 09.07.2026
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36 / 09.07.2026