Jahon | 20:09 / 24.09.2018
17580
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning yangi limuzini ilk bor omma oldida namoyish etildi

Foto: Steve Holland

AQSh prezidenti Donald Trampning Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida uning The Beast (Yirtqich) deb ataluvchi «Kadillak»i  namoyish etildi.

Yangi mashina tayyor bo‘lgani va AQSh maxfiy xizmatiga berilgani haqida aprelda ma'lum qilingandi. Cadillac sobiq rahbari Yoxan de Nayssen Fox News agentligiga bergan intervyusida kompaniya shartnomaning barcha shartlarini bajargani va avtomobilni mijozga topshirganini bildirgandi.  

The Beast og‘ir pikap platformasi asosida qurilgan. Mashina yo‘lovchilari o‘t o‘chirish tizimi va kimyoviy va biologik quroldan himoyalovchi zirhlangan kapsula ichida o‘tiradi. Bundan tashqari, limuzin tungi ko‘rish tizimi, tutunli zambaraklar, eshik tutqichlari orqali elektr zaryadi o‘tkazuvchi himoya tizimi bilan jihozlangan.

Avvalroq AQShning Newsweek nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kortej” loyihasidagi avtomobili va AQSh prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobilini solishtirgandi.

Mavzuga oid