AQŞning Newsweek naşri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kortej” loyihasidagi avtomobili va AQŞ prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobili soliştirilgan maqolani çop etdi.

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Ta'kidlanişiça, ikki yetakçi orasida AQŞning an'anaviy taşqi siyosatiga zid bölgan va “dunyoni ajablantirayotgan ajoyib munosabatlar” yuzaga kelgan. Biroq ularning ikkisini yuqori sinfdagi limuzinlarga muhabbat birlaştiradi.
Naşr Putinning maşinasini tahlil qilib, u Rolls Royce Phantom va Rolls Royce Ghost limuzinlariga öxşaşligini ta'kidlaydi. Naşrning ma'lum qilişiça, “Kortej”da 12 silindrli dvigatel örnatilgan bölib, u Trampning limuzinidagi 8 silindrli dvigateldan ança kuçli. Bundan taşqari, Trampning “Yirtqiç” deb nom olgan limuzini Putinnikidan 1,5 tonna oğirroq.

Foto: AP Photo / Susan Walsh
“Putinning Aurus maşinasi bir qator eng yangi himoya va aloqa texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu qurilmalar Tramp yuradigan eskiroq, biroq juda kuçli maşinadan öza olişi dargumon”, deb ma'lum qilingan maqolada.
Maqolada Trampning yangi limuzini şu yozda paydo bölişi aytilgan. Maşinani yaratişga şartnoma 15 mln dollarni taşkil qiladi. “Yangi avtomobil köplab körsatkiçlar böyiça özidan avvalgi maşinadan ustunroq böladi. Rossiya bu borada uzoq vaqt oldinda bölişi dargumon”, deb aytilgan naşrda.
Moskvada 8 may kuni Putinning inauguratsiyasi bölib ötdi. Putin Kremlning 1-korpusidan Katta Kreml saroyiga an'anaviy “Mersedes”da emas, balki “Kortej” loyihasidagi limuzinda kirib kelgan.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti bu maşinadan doimiy ravişda foydalanmoqçiligini ma'lum qilgan.
“Kortej” loyihasi davlatning birinçi şaxslari uçun avtomobillar oilasi – limuzin, sedan va minivenni yaratişni nazarda tutadi.












