Jahon | 14:40 / 25.09.2018
14190
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyadagi ishtirokini oshira boshladi

Foto: RIA Novosti / Pavel Lisitsyn

Rossiyaning Xmeymim aviabazasiga REB radioelektron kurash tizimlari yetkazib berildi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.

Xabar qilinishicha, birinchi komplekslar 24 sentabr, dushanba kuni Il-76 samolyotlarida yetkazib berilgan.

Rossiya radioelektron kurash vositalarining vazifasi bortdagi radiolokatorlar, aloqa tizimlari hamda uchar qurilmalar boshqaruvini bosib turish bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, komplekslar Suriya va O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab uzluksiz, himoyalangan radioelektron «gumbaz»ni yaratadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Il-20 effekti tufayli Rossiya Suriyani S-300 bilan qurollantirishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid