S-300 mashmashasi. Isroil tashvishga tushib qoldi
Rossiyaning S-300 zenit raketa komplekslarining Suriyaga yetkazib berilishi Isroil armiyasiga jiddiy tahdid soladi, chunki ular Suriya Arab Respublikasidagi havo hujumidan mudofaa vositalariga qaraganda ancha samaraliroq. Bu haqda The Jerusalem Post muallifi Anna Aronxeym ma'lum qildi.
Aronxeymning yozishicha, Rossiyaning S-300 komplekslarini avtomatlashtirilgan tizimlar boshqaradi, ulardan faqat Rossiya harbiylari foydalanishi mumkin. Uning fikriga ko‘ra, Moskva shu tariqa Suriya osmonida vaziyatni to‘liq nazorat qiladi, bu esa Il-20 halokati kabi hodisalarni bartaraf etishda yordam beradi.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, avvalroq Suriya Arab Respublikasi harbiylari SSSR davrida ishlab chiqarilgan, SA-2s’dan SA-22’gacha diapazondagi havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda «Pantsir» turidagi zenit raketa komplekslariga egalik qilgan. S-300 Suriya havo mudofaasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular 300 km.gacha masofadagi obektni aniq nishonga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyani S-300 bilan qurollantirishi xabar qilingandi.