Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qarisi bor uyning parisi bor» kitob-albomi nashrdan chiqdi
«Qarisi bor uyning parisi bor», deydilar. Darhaqiqat, keksalar – uyimizning ko‘rki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogo‘yimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajribayu maslahatlari bilan yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lchi yulduz.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar qilishicha, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida shunday hayotiy hikmatni o‘zida mujassam etgan «Qarisi bor uyning parisi bor» kitob-albomi dunyo yuzini ko‘rdi.
Ushbu kitob O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni e'zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo‘limizdan kelganicha umrlarini uzaytirish asrlar davomida eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelmoqda» degan purma'no so‘zlari bilan ochiladi.
Durdona fikrlar, aforizmlar, xalq maqol va matallari, hikoyatlar, rivoyatlar, donishmandlardan meros hikmatli so‘zlar va hadislardan jamlangan ushbu guldasta o‘z ifori bilan ko‘ngil uyingizni obod, kitob javoningizni muzayyan etadi.
Shuningdek, mashhur miniatyurachi rassomlarning asarlari mazkur kitob-albomga o‘zgacha husn bergan.
Mavzular doirasida tavsiflangan hikmat maxzani barcha yoshdagi o‘quvchilar, turli soha vakillari va, ayniqsa, yoshlar uchun butun hayoti davomida dasturilamal bo‘lib qoladi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026