Jahon | 14:29 / 26.09.2018
30230
1 daqiqa o‘qiladi

MDHning qancha fuqarosi terrorizm uchun qidirilayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

MDH Terrorchilikka qarshi markazi (TQM) rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning ma'lum qilishicha, MDHning qariyb 10 ming fuqarosi ekstremistik va terroristik xarakterdagi jinoyatlar uchun xalqaro qidiruvga berilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning ta'kidlashicha, shunday miqdordagi MDH fuqarolari sentabr oyi holatiga ko‘ra qidiruvda bo‘lib turibdi.

«MDH mamlakatlarining 9 mingdan ortiq fuqarolari. Taxminan 5 ming nafari - bu yollanma shaxslar, ya'ni uchinchi mamlakatlar hududida noqonuniy qurolli tuzilmalar hamda xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etganlar», - dedi Novikov.

Uning qayd etishicha, TQM terroristik va ekstremistik jinoyatlarda gumon qilingan shaxslarni davlatlararo qidiruv ishlarida MDHga a'zo, manfaatdor mamlakatlarga doimo yordam berib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID Markaziy Osiyoda tayanch nuqtasi tashkil etishga harakat qilayotgani aytilgandi

Mavzuga oid