MDH Terrorçilikka qarşi kuraş markazi (TQM) rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning ma'lum qilişiça, IŞID terrorçilik guruhi jangarilari Markaziy Osiyo hududida öz tayanç nuqtasi yaratiş uçun harakat qilmoqda. Novikovning sözlari «RIA Novosti» tomonidan keltirilgan.
Bunday bayonot bilan general-polkovnik «Issiqköl - Antiterror-2018» maşqlari ikkinçi bosqiçi vaqtida çiqiş qildi.
Novikovning ta'kidlaşiça, IŞID jangarilarining uşbu mintaqada tayanç nuqtalarini taşkil etiş niyatida «asosiy muammo» sanaladi. Şuningdek, uning aytişiça, terrorçilarning harakatlari «nafaqat Qirğiziston Respublikasi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun xavfsizlikka tahdiddir».
MDH TQM rahbarining aniqlik kiritişiça, IŞID jangarilari mintaqada «halifalik» deb ataluvçi» tayanç nuqtasini taşkil etişga urinmoqda hamda «uxlayotgan jamoatlar»ni faollaştiriş» maqsadida sa'y-harakatlarni amalga oşirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikiston va Özbekiston mudofaa mahkamalarining tarixdagi ilk qöşma antiterror operatsiyasi ötkazilgandi.












