16:25 / 27.09.2018
19681

43 yoshli xokkeychi o‘yin vaqtida vafot etdi

Foto: Videodan kadr

Moskva okrug ligasining «Sokol» va «Dial-Dent» xokkey klublari o‘rtasidagi bellashuvi vaqtida o‘yinchilardan biri, 43 yoshli Maksim Gazuko to‘satdan vafot etdi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

O‘yin oldidan va uning davomida xokkeychi o‘zini yaxshi his qilmagan, shu bois muzga yiqilib tushgan. Shu zahotiyoq uning oldiga hakamlar va boshqa xokkeychilar chopib kelgan, shuningdek, shifokor ham muz ustiga chiqib keldi. Ammo Gazukoni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, 43 yoshli sportchi yurak xuruji tufayli vafot etgan. Xabar qilinishicha, ro‘y bergan fojiadan bir necha kun oldin xokkeychi dalahovlida bo‘lib, spirtli ichimliklar iste'mol qilgan, biroq bu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kikboksing bo‘yicha besh karra Yevropa chempioni uyida o‘lik holda topilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, rossiyalik kikbokschi Diana Karateyeva o‘zining Abakandagi uyida (Xakasiya) o‘lik holda topilgan. 

Mavzuga oid
Top