Sport | 16:30 / 28.09.2018
17037
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov 29 sentabr kuni professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29 sentabr (Toshkentda 30 sentabr) kuni AQShda o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, professional boksdagi ikkinchi jangida Jalolovga amerikalik bokschi Tomas Hovkins raqiblik qiladi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi. U iyul oyida amerikalik Kurts Hid bilan jang qilishga kelishgandi, ammo bu jang keyinroq bekor qilindi.

Tomas Hovkins esa faoliyati davomida 7ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasini o‘z foydasiga hal qilgan (1tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan). Uchta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (1ta jangda nokaut bo‘lgan).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid