Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Trampning aybloviga javob qaytardi
Foto: imago/photothek
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning mamlakat «Shimoliy oqim-2» tufayli Rossiyaga qaram bo‘lib qolishi borasidagi bayonotlariga javob berdi. Uning so‘zlari Handelsblatt tomonidan keltirilgan.
«Yangi hech narsa yo‘q, ular [ayblovlar] ajablanarli emas», - dedi u. «Trampning bayonotini qo‘llab-quvvatlovchi dalillar va faktlar haqiqiy vaziyatga taalluqli emas. Germaniya hech qanday jihatdan, ayniqsa, energetika sohasida Rossiyaga qaram emas», - dedi Maas. Uning ta'kidlashicha, «Shimoliy oqim-2» - asosan siyosiy emas, balki iqtisodiy loyihadir.
Avvalroq, BMT Bosh assambleyasida nima uchun Trampning ustidan kulishgani ma'lum bo‘lgandi.
«Agar siyosatini darhol o‘zgartirmasa, Germaniya Rossiya energetikasiga to‘la qaram bo‘lib qoladi. Bu yerda, g‘arbiy yarim sharda biz mustaqilligimizni xorijiy davlatlar ekspansionistik tajovuzlaridan saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz», - dedi Tramp. Shundan so‘ng germaniyalik diplomatlar darhol kulib yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Germaniya TIV rahbari Trampning shiorini tanqid qilgandi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» shiori jahondagi muammolarni hal qilishda hech qanday foyda bermaydi.
Mavzuga oid
08:58
Olimpiada ochilishida Ukraina jamoasiga rossiyalik ko‘ngilli hamrohlik qildi
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37 / 17.02.2026
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08 / 17.02.2026