Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» şiori jahondagi muammolarni hal qilişda heç qanday foyda bermaydi. Bu haqda u tvitterdagi öz sahifasida yozgan.
Maasning sözlariga köra, Tramp tomonidan aytilgan prinsipda zamonaviy vaziyat hisobga olinmagan hamda u hozirgi muammolarga javob böla olmaydi. U, jumladan, Qöşma Ştatlarning öziga ham mos kelmaydi, sababi iqlim özgarişi, globallaşuv va raqamli texnologiyalar kabi hodisalar çegaralarni hisobga olmaydi.
«Biz bu çaqiriqlarni faqatgina xalqaro hamkorlik yordamida yöq qilişimiz mumkin», - deya qayd etib ötdi Maas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya Yevroittifoq sanksiyalar siyosati böyiça qanday pozitsiyada ekanini bildirgandi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilişiça, Yevropa ittifoqi sanksiyalar va bojlardan taşqi siyosat vositasi sifatida foydalanişni ma'qullamaydi.











