Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning Toshkent arxitektura-qurilish instituti bo‘yicha qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv, laboratoriya, yotoqxona binolari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilishni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent arxitektura-qurilish institutining bino va inshootlarini qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda bir qator holatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan yechimlarni kutmoqda, xususan:
birinchidan, hozirgi kunda mavjud 1650 o‘rinli o‘quv binolarda 4263 nafar talabalar to‘liq ikki smenada ta'lim olmoqda;
ikkinchidan, o‘quv-laboratoriyalari jihozlari va uskunalarini o‘rnatish joylari texnik topshiriq talablariga javob bermaydi;
uchinchidan, 250 o‘rinli talabalar turar joyi binosi ehtiyojni qoplamaydi;
to‘rtinchidan, sport inshootlari va maydonlari mavjud emas.
Hujjatda belgilanishicha, Toshkent arxitektura-qurilish institutiga berilgan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9 va 9a uy manzillari hududida mavjud bo‘lgan o‘quv, laboratoriya va yotoqxona binolarini rekonstruksiya qilish, sport inshooti va oshxona obektlarini qurish hamda jihozlash ishlari 2019 yil 1 sentabrga qadar tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasining asoslangan hisob-kitoblari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga berilgan o‘quv, laboratoriya va yotoqxona binolarini rekonstruksiya qilish, sport inshooti va oshxona obektlarini qurish hamda jihozlash maqsadida 2018 yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur mablag‘larni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-qarori bilan 2018 yilda Toshkent arxitektura qurilish institutining sobiq Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11-uy manzili bo‘yicha joylashgan binolarni kapital ta'mirlash uchun ajratilgan 10 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan ta'minlaydi.
2019 yil va keyingi yillar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Toshkent arxitektura-qurilish instituti obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda jihozlash uchun Jamg‘armadan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutadi.
Bosh loyihachi tashkilot “Tashgiprogor” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish institutining barcha o‘quv, laboratoriya, yotoqxona binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashni loyihalashtirishda qo‘llaniladigan yagona texnik topshiriq hamda talablar bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyasi ma'qullanadi.
Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi Toshkent arxitektura-qurilish institutining ma'muriy va o‘quv binolari qurilishini shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda 2019-2020 yillarda tugallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlari, berilayotgan ekspert xulosalari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy va tizimli nazoratni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9a-uy manzili bo‘yicha joylashgan “Rino Work Wear” MChJ binolari va tegishli hududi bilan birgalikda tezkor boshqarish huquqi bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga;
“Rino Work Wear” MChJga Toshkent shahridan mos ravishda bino va yer maydoni ajratiladi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025