Jahon | 00:55 / 30.09.2018
16856
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: «Terrorizmning Islomga hech qanday aloqasi yo‘q»

Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln shahrida barpo etilgan DİTİB markaziy masjidining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb yozmoqda Anado‘lu agentligi.

«Terrorchilik va zo‘ravonlik faoliyatiga aloqador har qanday tuzilma mafkurasidan qat'i nazar, Islomga, musulmonlarga va bizning iymonimizga hech qanday aloqasi yo‘q», — degan prezident Kyolndagi Din ishlari bo‘yicha Turk-islom ittifoqi (DİTİB) markaziy masjidining ochilish marosimida.

Ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlandi. O‘z chiqishida Turkiya prezidenti ko‘plab noroziliklarga qaramasdan bir qator nemis siyosatchilari va Nodavlat tashkilotlar vakillari Kyolndagi masjid qurilishini qo‘llab-quvvatlashgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, masjid musulmonlarga ham, boshqa dinga itoat qiluvchilarga ham — jamiki kyolnliklarga tegishli.

«Bu masjid Germaniya va qo‘shni davlatlarning faxriga aylanadi. Bugun shunchaki masjidning ochilishi bo‘lmayapti. Bu qarama-qarshiliklarga nuqta qo‘yuvchi esdalikdir.

Mazkur masjidning barpo etilishi turk jamoasi nemis jamiyatining ajralmas qismi ekanligini ko‘rsatib berdi», — degan Turkiya rahbari.

Umid qilamizki, boshqa shaharlar ham kelgusida o‘z hududida mana shunday masjid qurilishi uchun ko‘mak ko‘rsatadi.

Qurilgan masjid bizni begona va Yevropaning dushmani sifatida ko‘rsatayotganlarning xatti-harakatlariga zid o‘laroq, bizning bu yerlardagi ishtirokimiz in'ikosidir», — degan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

«Ma'lum bir doiralar bir muddatdan buyon bizning birodarlarga, ayniqsa, xorijda yashayotganlariga bosim o‘tkazishga harakat qilib kelishmoqda. Bir tomondan, ular yoshlarimizni IShID, FETÖ va KIP kabi guruhlar vositasida terroristik faoliyatga jalb qilishga urinmoqda. Ikkinchi tomondan, irqchi tashkilotlar musulmonlarning huquqlarini toptashmoqda», — degan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an Turkiya davlati terrorchilarni mutlaqo farqlamasligini ta'kidlab o‘tdi.

«Terrorizm uni kim — nasroniy, yahudiy yoki musulmon amalga oshirganidan qat'i nazar, doimo jinoyat sanalib kelgan.

Bugungi kungacha terrorchilik tashkilotlari tufayli eng ko‘p o‘ldirilganlar va jabrlanganlar aynan musulmonlardir. Biroq islomchi, jihodchi kabi atamalarni qo‘llab ayrimlar terrorizmni Islomga to‘nkashga urinib kelishmoqda», — dedi Erdo‘g‘an.

Mavzuga oid