Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln şahrida barpo etilgan DİTİB markaziy masjidining oçiliş marosimida iştirok etdi, deb yozmoqda Anadölu agentligi.

«Terrorçilik va zöravonlik faoliyatiga aloqador har qanday tuzilma mafkurasidan qat'i nazar, Islomga, musulmonlarga va bizning iymonimizga heç qanday aloqasi yöq», — degan prezident Kyolndagi Din işlari böyiça Turk-islom ittifoqi (DİTİB) markaziy masjidining oçiliş marosimida.

Oçiliş marosimi Qur'on tilovati bilan boşlandi. Öz çiqişida Turkiya prezidenti köplab noroziliklarga qaramasdan bir qator nemis siyosatçilari va Nodavlat taşkilotlar vakillari Kyolndagi masjid qurilişini qöllab-quvvatlaşgan.

Erdöğanning sözlariga köra, masjid musulmonlarga ham, boşqa dinga itoat qiluvçilarga ham — jamiki kyolnliklarga tegişli.

«Bu masjid Germaniya va qöşni davlatlarning faxriga aylanadi. Bugun şunçaki masjidning oçilişi bölmayapti. Bu qarama-qarşiliklarga nuqta qöyuvçi esdalikdir.

Mazkur masjidning barpo etilişi turk jamoasi nemis jamiyatining ajralmas qismi ekanligini körsatib berdi», — degan Turkiya rahbari.

Umid qilamizki, boşqa şaharlar ham kelgusida öz hududida mana şunday masjid qurilişi uçun kömak körsatadi.

Qurilgan masjid bizni begona va Yevropaning duşmani sifatida körsatayotganlarning xatti-harakatlariga zid ölaroq, bizning bu yerlardagi iştirokimiz in'ikosidir», — degan Rajab Toyyib Erdöğan.

«Ma'lum bir doiralar bir muddatdan buyon bizning birodarlarga, ayniqsa, xorijda yaşayotganlariga bosim ötkazişga harakat qilib kelişmoqda. Bir tomondan, ular yoşlarimizni IŞID, FETÖ va KIP kabi guruhlar vositasida terroristik faoliyatga jalb qilişga urinmoqda. Ikkinçi tomondan, irqçi taşkilotlar musulmonlarning huquqlarini toptaşmoqda», — degan Erdöğan.