Jahon | 11:57 / 01.10.2018
5476
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalashga kirishdi

Foto: TASS /Konstantin Leifer

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligidan xabar berishlaricha, KXDR bilan ajratib turuvchi, kengligi to‘rt kilometrni tashkil etuvchi qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalash ishlari boshlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, 1950-1953 yillardagi Koreya urushi yillarida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasad qoldiqlarini birgalikda qidirish bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida eng yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun minalar va portlamay qolgan o‘q-dorilarni yo‘q qilish tashkillashtirilgan.

Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligidan ta'kidlashlaricha, qurolsizlantirilgan hududda bir necha o‘n minglab minalar joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR bilan munosabatlar qanday shartda yaxshilanishini aytgandi.

Mavzuga oid