Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumani hokimiga hayfsan berdi
Farg‘ona viloyati hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan 19-28 sentyabr kunlari Toshloq tumanida ijtimoiy-ma'naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari, shuningdek, viloyatda joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Yig‘ilishda aniqlangan muammolar muhokama qilingan. O‘rganishlar davomidagi xulosalardan kelib chiqib, o‘z vazifalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, aholi muammolarini hal etishda talab darajasida ish olib bormaganliklari, «o‘zibo‘larchilik»ka tashlab qo‘yilganligi uchun viloyat rahbari tomonidan tuman hokimi Sh.Abdusalomovga, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Sultonovga hamda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Boltaboyevga hayfsan berildi.
Shu bilan birga, tuman deputatlarining ham faoliyati qoniqarli darajada emasligi tanqid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Aqto‘be fojiasidan so‘ng o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning Toshloq tumani aholisini «haromi» deb haqorat qilgan edi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Toshloq tumanidagi barchani (Aqto‘bedagi fojiada qurbon bo‘lganlarning 16 nafari shu tumandan edi) Farg‘ona viloyatini respublikada sharmanda qilishda ayblagan.
Mavzuga oid
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024