Farğona viloyatida bir neçta tuman hokimlari özgardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum qilinişiça, Farğona viloyat hokimligi Taşkiliy-nazorat bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Saidmurod Aminjonov endilikda Danğara tuman hokimi etib tayinlangan. Şu paytgaça tuman hokimi lavozimini egallab kelgan Şuhratjon Abdusalomov esa Toşloq tumani hokimi sifatida iş boşladi.

Aqtöbe fojiasidan söng, viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev tomonidan tanqid qilingan Toşloq tumani sobiq hokimi Halimjon Umarov ayni paytda Quva tumani hokimi etib tayinlandi. Quva tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Zokirjon Rahmonov nima sababdan işdan böşatilgani haqida rasmiy bayonot mavjud emas.

Eslatib ötamiz, Farğona viloyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida ötkazilgan videoselektor davomida davlat rahbari Quva tumani sobiq hokimi Zokirjon Rahmonovni tanqid ostiga olib, «barça şaroiti yetarli Quvada subventsiya darajasi pastligi» ta'kidlagandi.