Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya hukumati dollardan voz kechishni rejalashtirmoqda
Rossiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini dollarsizlashtirishni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda The Bell manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, loyiha «bir-ikki haftadan» so‘ng Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan tasdiqlanishi kerak. Muhokama jarayonida eksportchilar, shuningdek, mamlakatning eng yirik banklari, shu jumladan, Markaziy bank vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi AQSh valyutasidan foydalanishni bekor qilishni nazarda tutmaydi. Gap boshqa milliy valyutalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish, valyuta qonunchiligini erkinlashtirish va valyuta nazoratini soddalashtirish haqida ketmoqda. Ushbu qadamlar biznesga istalgan valyuta yordamida hisob-kitobni amalga oshirish va bunda ortiqcha yo‘qotishlarga uchramaslik imkonini berishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal Rossiyada juda yuqori darajadagi korrupsiya sxemasi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026