Sport | 08:41 / 04.10.2018
22418
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yo‘q qilib tashlamoqchi

Foto: AP

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov murabbiysi Ali Abdul-Azizning irlandiyalik Konor Makgregor bilan yuzaga kelgan mojarosiga izoh berdi.

«Men siyosatchi emas, balki professional jangchiman. Agar Konorda menejyerim bilan muammo bo‘lsa, u bilan gaplashib olishi mumkin. Hatto u bilan jang qilish imkoniyatiga ham ega. Alida Rentso Greysidan (MMA va jiu-jitsuning braziliyalik jangchisi) qora belbog‘ bor. U Konorni aniq bo‘g‘ib qo‘yadi», - deya rossiyalikning so‘zlarini keltiradi BJ Penn.

Shuningdek, Nurmagomedovning ta'kidlashicha, Makgregorning oilasi va jamoasini o‘zaro kelishmovchilikka aralashtirishni mo‘ljallamayapti.

«Menda u bilan muammo bor. Men u bilan jang qilaman. Uni mag‘lub etishni emas, balki chaplab tashlashni xohlayman. Uning yuragi, ongini yo‘q qilishni. Biz haqiqiy chempion va shoh kim ekanligini bilib olamiz», - deya xulosa qildi u.

Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi. 

Mavzuga oid