Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov UFC rahbarini tanqid qildi
Foto: Getty Images
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dena Uaytni irlandiyalik Konor Makgregorni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid ostiga oldi.
Uayt bir necha bor Makgregorga yaxshi munosabatda ekanini ochiqdan-ochiq ma'lum qilgan, Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani chog‘ida esa u bilan spirtli ichimlik iste'mol qildi.
«Dena unga yoqish bo‘yicha o‘z harakatlarini to‘xtatishi kerak. U Konorning kamarlari qayerda ekanini qanday qilib so‘rashi mumkin? U so‘nggi ikki yil ichida nimalar sodir bo‘lganini bilmaydimi? UFC yengil vazn toifasida chempionlikka ega, endi esa u Konorning kamarlari qayerda ekani haqida gapiryapti. U adashib ketdi. U kamarlarini emas, balki aqlini yo‘qotgan.
UFC mening chempionligim borasida hech qanday salbiy pozitsiyada emas, sababi men nomimga dog‘ tushiradigan ish qilmaganman. Biroq, hozirda UFC’dagi barcha odamlar haqida hammasini ham bilmayman, kimdir Konor g‘alaba qozonishini xohlamoqda, chunki u juda mashhur, ular esa ko‘p pul ishlab olishi mumkin», - deya rossiyalikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ariel Xelvani.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yo‘q qilib tashlamoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024