Jahon | 20:12 / 04.10.2018
10799
1 daqiqa o‘qiladi
“Soyuz” kemasi 3 fazogir bilan Yerga qaytdi
4 oktyabrda kunduzi “Soyuz MS-08” kosmik kemasi kapsulasi rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev va NASA’ning 2 astronavti – Endryu Foystel va Richard Arnold bilan Xalqaro koinot stansiyasidan Yerga qaytdi. Fazogirlar 56-ekspeditsiyaning ishtirokchilari bo‘ldilar.
Kapsula Qozog‘istonning Jyezqazg‘an shahridan janub tomonda qo‘ngan.
Ushbu ekspeditsiya Boyqo‘ng‘ir kosmodromining 1-maydonchasidan 21 martda fazoga uchirilgan. Shu tariqa fazogirlar orbitada 197 kun qolishgan.
XKSga keyingi ekspeditsiya ishtirokchilari kelguncha Sergey Prokopev (Roskosmos), Serina Aunyon-Chensellor (NASA) va Aleksandr Gerst (ESA) orbitada ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid
16:15 / 12.09.2024
«Soyuz MS-26» kemasining Rossiya va AQShdan bo‘lgan ekipaji XKSga yetib bordi
14:22 / 28.06.2024
SpaceX XKSni orbitadan olib chiqish uchun apparat quradi
08:40 / 07.06.2024
Starliner boshqariluvchi kemasi XKSga tutashdi
12:12 / 22.03.2024