Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arzandangizni yo‘q qilaman». Nurmagomedov chempion bo‘lib qolishga va'da berdi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan avval o‘tkazilgan vazn o‘lchash marosimida muxlislarga murojaat qildi, deb xabar beradi TASS.
Rossiyalik marosimga ishqibozlarning baland hushtakbozligi ostida chiqib keldi, lekin o‘z so‘zida ularni ham e'tiborsiz qoldirmadi. U irlandiyalikning muxlislariga uni yo‘q qilishga va'da berdi.
«Men ertaga sizning arzandangizni yo‘q qilaman, yigitlar, men uni yo‘q qilib tashlayman. Butun dunyodagi barcha irlandiyalik muxlislarga va ishqibozlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu jang faqatgina sizlar tufayli bo‘lib o‘tadi. Rahmat, ertaga men chempion bo‘lib qolaman», - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun 100 mln dollar olishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024