Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor Mutlaq jangçilar çempionati (UFC)ning yengil vazn toifasidagi çempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jang uçun 100 million dollar olişi mumkin.

Bu haqda UFC prezidenti Dena Uayt xabar bergan. Uning sözlari TMZ axborot portali tomonidan keltirildi.

UFC rahbarining fikriça, Makgregorga pul mukofoti irlandiyalik jangçi Floyd Meyuezer bilan bahs uçun olgan puldan ortiq bölişi mumkin. Jang Las-Vegasda boks qoidalariga muvofiq ötkazildi va amerikalik öninçi turda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi. Meyuezer jang uçun 275 million dollar, Makgregor - 85 million dollar oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Konor Makgregor Habib Nurmagomedovni Las-Vegasda 6 oktabr kuni bölib ötadigan jang vaqtida öldirişni rejalaştirganini aytgandi.