Jahon | 07:39 / 08.10.2018
4098
1 daqiqa o‘qiladi
Abe Kim Chen In bilan uchrashmoqchi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda u The Financial Times nashriga bergan intervyusida aytdi.
Abening so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun shaxsiy uchrashuv o‘tkazish kerak.
«Men o‘zaro ishonchsizlikni bartaraf etish maqsadida rais Kim Chen In bilan yuzma-yuz suhbatlashishim kerak, deb o‘ylayman», - deya aniqlik kiritdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR asosiy raketa poligonini buzish ishlarini to‘xtatib qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
13:11 / 28.08.2024