Avgust oyi boşida Şimoliy Koreya hukumati özining asosiy raketa poligonini buziş böyiça işlarni töxtatib qöygan. Bu haqda «Ryonxap» agentligi Jon Xopkins nomidagi universitet huzurida faoliyat yurituvçi 38 North tahlil markazi tadqiqotiga asosan xabar bermoqda.

Iyul oyi oxirida uşbu tadqiqot guruhi Şimoliy Koreya raketa dvigatellari sinovdan ötkazilgan Soxe poligonidagi asosiy obektlarni buziş işlariga kirişgani haqida xabar qilgandi.

Markaz mutaxassislari 27 sentabr kungi sun'iy yöldoş suratlariga asoslanib, buziş işlari töxtatilgani haqidagi xulosaga kelişdi.

Ekspertlarning fikriga köra, poligonni buziş işlaridagi past faollik turli sabablarga boğliq bölişi mumkin. Ularning orasida - xalqaro kuzatuvçilarning obektga taşrif buyurişiga tayyorgarlik köriş. Bundan taşqari, markaz 7 oktabr AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDRga ikkinçi taşrifidan keyin poligon yöq qilinişi mumkinligini ham istisno etmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR qança yadro quroliga egaligi aytilgandi.