10:25 / 08.10.2018
5960

Pompeo va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Foto: REUTERS

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi hamda bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama qildi, deya xabar beradi DongA.

Xususan, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida yangi sammit o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida fikr almashishgan.

«Pompeo Kim Chen In bilan tushlik qildi, tomonlar AQSh hamda KXDR o‘rtasidagi ikkinchi sammitni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Pompeo va Kim Chen In Yonbyondagi yadroviy obektni buzib tashlash hamda urush tugagani bo‘yicha deklaratsiyani qabul qilish masalasini ham muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR asosiy raketa poligonini buzish ishlarini to‘xtatib qo‘ygandi.

Mavzuga oid
Top