Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston Rossiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisini tayinladi.
Endilikda Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.
Foto: Belarus TIV
8 oktabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, stats-sekretar Grigoriy Karasin O‘zbekistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
Karasin Asadovni yangi lavozim bilan tabriklagan va unga Rossiyadagi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Tomonlar ikki mamlakat munosabatlaridagi muhim jihatlarni muhokama qilishgan.
Tomonlar shuningdek, RF prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilishgan.
Ma'lumot uchun, Botirjon Asadov 2018 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi maslahatchisi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rossiyadagi avvalgi elchisi Bahrom Ashrafxonov sentabr oyida Alisher Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagandi. Ashrafxonov 2016 yilning fevralidan buyon O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
12:41 / 28.11.2025