Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilovga yangi birinçi örinbosar tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2018 yilning 5 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi hay'atiga vazirning birinçi örinbosari etib tayinlangan Botirjon Asadov taniştirilgan. 

Botirjon Asadov bunga qadar Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning örinbosari sifatida işlagan. Undan avval esa Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçisi, Özbekiston Respublikasining XXRdagi elçixonasi maslahatçisi sifatida xizmat qilgan.