O‘zbekiston | 17:53 / 09.10.2018
25139
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi

Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi davlat rahbari matbuot xizmati.

Muzokarada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda, deyiladi xabarda. 

Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda Shavkat Mirziyoyevni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid