Fransiya poytaxti Parij şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasman kutib oliş marosimi bölib ötmoqda.

Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Şavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan ötdi.


Özbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda mamlakat delegatsiyasi a'zolari ham hozir böldi.

Şundan söng davlat rahbari Fransiya Respublikasi prezidentining Yelisey saroyiga yöl oldi.
Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşuvlarni faollaştiriş masalalari örin olgan.
Uçraşuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san'at sohalarida özaro hamkorlik töğrisidagi bitimlar imzolanişi közda tutilgan.











