Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh koalitsiyasi Suriyada oq fosforli snaryadlardan foydalandi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya oq fosfordan foydalangan holda Suriya hududiga zarba berdi. Bu modda xalqaro huquq bilan taqiqlangan, deya xabar bermoqda SANA o‘z manbalariga tayangan holda.
Xabar qilinishicha, Deyr-az-Zor viloyatidagi Hajin shahriga aviazarbalar berilgan.
Hozirgi paytda zarba oqibatida qurbon bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyada yana F-22 qiruvchilarini qo‘llashi mumkin ekani xabar qilingandi.
The Drive xabariga ko‘ra, Suriyaga Rossiyada ishlab chiqarilgan S-300 zenit raketa komplekslari topshirilganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Suriya Arab Respublikasi hududidagi harbiy harakatlarda yana F-22 qiruvchilaridan foydalanishni boshlashi mumkin.
Mavzuga oid
19:05
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026