Jamiyat | 19:10 / 15.10.2018
65163
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Bir ko‘rgandayoq yoqtirib qolasiz. Ushbu yangi xonadon aynan Siz uchun

Hamma ham o‘zining shinam va ko‘rkam uy-joyi, boshpanasi bo‘lishini xohlaydi.

Bugungi kun kishilarida uy-joy sotib olishdagi tanlov imkoniyatlarining kengligi bois, uy-joylarning nafaqat zamonaviy texnologiyalarda barpo etilganligi, materiallarning yuqori sifatliligi, shu bilan birga, joylashuvning qulayligi va rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi ham muhim shartlardan biriga aylanmoqda.

Shu o‘rinda yildan-yilga ko‘chmas mulkka bo‘lgan talablarning murakkablashib borayotganligini alohida ta'kidlash lozim. Bu, o‘z o‘rnida, uy-joy sotib olishni reja qilib yurgan yurtdoshlarimizni ko‘chmas mulkning qaysi hududda joylashganligiga ham jiddiy e'tibor berishga undaydi.

Bugun biz sizga tavsiya etayotganimiz, tajribali quruvchilarning kreativ va professional yondashuvi asosida bunyod etilgan hamda sotuvga qo‘yilgan yangi uy-joy o‘zida yuqoridagi barcha jihatlarni aks ettirgani bilan alohida e'tiborni tortadi.

Ushbu xonadon Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Moyqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan bo‘lib, nafaqat me'moriy tuzilishi balki, yashash, dam olish uchun qulay shart-sharoitlari bilan ham lol qoldiradi.

Uy maydoni 0.3 sotixni tashkil qiladi. Uyning old  qismida 3 metrga 6 metr hajmdagi basseyn qurilgan bo‘lib, bu xonadon egalarining yozni salqin va maroqli o‘tkazishi uchun xizmat qiladi.

Me'morlar ushbu zamonaviy uy-joy qurilishida tabiatning hamohangligini ham yoddan chiqarishmagan. Keng basseyn yonida ajoyib landshaft dizayni asosida ekilgan manzarali daraxt va o‘simliklar xonadon egalari hamda mehmonlariga haqiqiy jonli tabiat ruhini his etish imkonini beradi.

Ichkari tomonga kirib borar ekansiz keng va chiroyli shakldagi zalga ko‘zingiz tushadi. O‘z o‘rnida, zinalar orqali ikkinchi va uchinchi qavatdagi xonalarga ko‘tarilasiz.

Xonalarning ichki qismi ham eng so‘nggi, zamonaviy standartlar asosida ta'mirlangan. Bu esa xonadon egalariga uy jihozlashda katta qulaylik yaratadi.

Xonadonning tuman markazidagi “Moyqo‘rg‘on” mahallasida joylashganligi, tibbiyot va ta'lim muassasasi, shuningdek, Mega Planet ko‘ngilochar savdo markazining mahalla hududiga yaqinligini inobatga olsak, bu aynan siz qidirayotgan uy deyish mumkin.

Ushbu yangi xonadon va xarid bo‘yicha batafsil ma'lumotni quyidagi aloqa raqamlari orqali olishingiz mumkin:

(+99898) 308-72-66;

(+99890) 358-55-55;

Manzil: Yunusobod tumani, “Moyqo‘rg‘on” mahallasi

Mo‘ljal: Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi ro‘parasi.

Reklama huquqi asosida.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid