Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Eronga AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradi
Rossiya Eronga Amerika sanksiyalarini chetlab o‘tish mexanizmini yaratishga yordam beradi. Bu haqda Mako.co.il nashri Isroil Tashqi ishlar vazirligining maxfiy hujjatiga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Eron o‘z neftini Kaspiy dengizi orqali Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib beradi. Shundan keyin neft xalqaro bozorda Rossiya mahsuloti sifatida sotila boshlanadi.
Ta'kidlanishicha, bunday reja Rossiya, Eron va Turkiya ishtirokida Tehronda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammitda ma'qullangan.
Bundan tashqari, materialda aytilishicha, Yevropa ham bu mexanizmning amalga oshirilishiga qarshi bo‘lmaydi. Shu tariqa, Yevropa davlatlari Eronning yadroviy bitimdan voz kechishini istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada Rossiya yetkazib bergan S-300’ni kim boshqarishi oshkor bo‘lgandi. Qayd etilishicha, buni eronliklar qiladi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
22:21 / 23.06.2026