Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Rossiya yetkazib bergan S-300’ni kim boshqarishi oshkor bo‘ldi. Buni eronliklar qiladi
Isroilning harbiy razvedka sohasiga ixtisoslashgan DEBKAfile portali manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyaga yetkazib berilgan Rossiyaning S-300 zenit raketa komplekslarini eronlik mutaxassislar boshqaradi.
Isroil va Amerika razvedka xizmatlari bilan bog‘liq manbaning aytishicha, Rossiya Eron 2016 yilda qabul qilib olgan S-300’ni xuddi o‘sha xususiyatlari bilan Suriyaga atayin topshirgan. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, eronlik harbiylar hozirgi vaqtda Suriyaga ko‘chirilmoqda.
Portaldan ta'kidlashlaricha, Rossiya tomoni zenit raketa komplekslarini kim boshqarishi haqidagi ma'lumotni oshkor etmaslikka qaror qilgan. Shuningdek, taxminlarga ko‘ra, Rossiya o‘z harbiy xizmatchilarini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun eronlik mutaxassislarni jalb etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Independent gazetasi Suriyaning S-300 bilan mustahkamlanishi Yaqin Sharqdagi harbiy o‘yinni o‘zgartirishi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026