O‘zbekiston | 21:14 / 15.10.2018
10806
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonga yirik hajmli gaz tozalash qurilmasini tayyorlab berdi

Foto: Volgograd 1

«Volgogradneftemash» O‘zbekiston kompaniyasi uchun ikkita azotli va ikkita havoli skrubberni tayyorlab berdi, deb xabar berdi «Volgograd 1» axborot agentligi.

Qurilmalar birinchi navbatda gazni turli aralashmalar, xususan changdan tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, suyuq sun'iy yonilg‘i ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilmalar Volga daryosi bo‘ylab Kaspiy dengizi orqali yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, skrubberlar O‘zbekistondagi zavodlardan birining maxsus buyurtmasi bilan tayyorlangan.  

«Bunday yirik hajmdagi uskunalar anchadan buyon tayyorlanmagandi. To‘rt qurilmaning og‘irligi qariyb 400 tonnani tashkil etadi va ular ilk bor tayyorlandi», - dedi «Volgogradneftemash» kompaniyasining ishlab chiqarish va tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Vitaliy Lukyanov.

Mavzuga oid