Jahon | 08:32 / 15.10.2018
24372
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Xitoy Rossiyadan ham xavfli

Foto: AP Photo/Andrew Harnik

Xitoy saylovlarga aralashish jihatidan Rossiyaga qaraganda AQShga ko‘proq jiddiy tahdid solmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, u yakshanba kuni efirga to‘liq uzatildi.

«Rossiya aralashdi, ammo menimcha, Xitoy ham aralashdi», - dedi u, Rossiya 2016 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlariga aralashganiga ishonishi borasida berilgan savolga javob qaytarib. «Menimcha, Xitoy undan ham jiddiyroq muammodir», - deya aniqlik kiritdi u.

Avvalroq, Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda Xitoyning Amerika saylov jarayoniga aralashishga urinishini tasdiqlovchi dalillar borligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, Xitoy noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlarga ta'sir o‘tkazishga urinmoqda va respublikachilarning g‘alabasiga to‘sqinlik qilib, AQSh amaldagi ma'muriyatining savdo siyosatini to‘xtatmoqchi. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bu bayonotlarni inkor etib, Pekin doimo boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslik tamoyiliga hurmat bilan qarab kelganini ta'kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy bo‘yicha yana bir qaror qabul qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid