Jahon | 09:59 / 12.10.2018
20415
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoy bo‘yicha yana bir qaror qabul qildi

Foto: Andy Wong/AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati yadroviy texnologiyalarni Xitoyga eksport qilish ustidan nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh bu sohada bir qator cheklovlarni joriy qildi, sababi XXR o‘zining qurolli kuchlarini mustahkamlash uchun Qo‘shma Shtatlar yadroviy sanoati mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotib olishga uringan.

Gazetadan ta'kidlashlaricha, cheklovlar, xususan, Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan CGN kompaniyasiga ham aloqadordir. Shuningdek, nashr manbasining qo‘shimcha qilishicha, nazoratning kuchaytirilishi bu mahsulotlarni Xitoyga yetkazib berishni butunlay taqiqlash degani emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga talab qo‘ygandi.

Mavzuga oid