Jahon | 10:47 / 16.10.2018
11320
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: saudiyalik va turkiyalik tergovchilar Qoshiqchi o‘ldirilgan joyni tark etishdi

Foto: AP / Emrah Gurel

Turkiya va Saudiya Arabistoni tergov guruhlari Saudiya Bosh konsulxonasini tark etishdi. Bu yerda, OAV xabarlariga ko‘ra, muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Reuters guvohlarga asosan xabar berdi.

Qayd etilishicha, taxminan o‘n kishidan iborat va ehtimoliy jinoyat yuz bergan joyda to‘qqiz soat bo‘lgan turkiyalik guruh saudiyalik tergovchilardan avval binoni tark etgan. Saudiyalik mutaxassislari jamoasi tarkibi, shuningdek, ularning konsullikda bo‘lish vaqtiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, Al Jazeera telekanali rasmiy manbaga tayanib, Turkiya Qoshiqchi o‘ldirilganiga doir dalil topgani haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Saudiya podshohi Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.

Mavzuga oid