O‘zbekiston | 11:26 / 16.10.2018
3034
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Jazoir ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi
2018 yilning 15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning barcha masalalari batafsil muhokama qilindi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Jazoir hamkorligini faollashtirishga tomonlarda o‘zaro qiziqish borligi tasdiqlandi.
Aynan shu nuqtai nazardan turli daraja va shakllardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:11 / 10.11.2023
Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi
22:13 / 15.09.2023
General Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi
20:46 / 24.11.2022
Jazoir sudi odamni yoqib yuborgan 49 kishini o‘limga hukm qildi
10:36 / 10.09.2022