Sport | 22:09 / 18.10.2018
10229
1 daqiqa o‘qiladi

O‘smirlar olimpiadasi. O‘zbekiston boksda ham bir oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Argentinada o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni davom etmoqda.

-56 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov finalda jang qildi.

U hal qiluvchi jangda ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bu O‘zbekiston boks jamoasi uchun olimpiadadagi yagona oltin medal bo‘ldi.

Foto: AIBA
Foto: AIBA

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi medallari soni 15taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 5ta oltin, 4ta kumush va 6ta bronza medallari mavjud. 1ta oltin va 1ta bronza medal mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid