Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kokorin va Mamayev qamoqda qoldirildi
Moskva shahar sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev advokatlarining uy qamog‘iga o‘tkazish haqidagi iltimosnomasini qondirmadi.
Uchalasi ham «Butirka» tergov izolyatorida 8 dekabrga qadar hibsda qoldirildi.
Aleksandr Kokorinning advokati «Zenit» bosh murabbiyi Sergey Semak nomidan ijobiy xarakteristika olib kelgan edi. Bundan tashqari, uning onasi 10 million rubl miqdorida garov puli kiritishga tayyor ekanini aytdi. Mamayevning advokati mijozining uzr so‘ragani, jabrlanuvchilarga sidqidildan yordam berishga tayyorligini, pasportini topshirib, hech qayoqqa qochib ketmasligini aytdi.
Ammo sud ayblanuvchilar vakillarining iltimosnomasini qondirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va NAMI tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bu ish yuzasidan Moskva politsiyasi 116-modda (Tan jarohati yetkazish) va 213-modda (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Sud esa ishtirokchilarni 8 dekabrga qadar hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Mavzuga oid
01:16 / 22.01.2020
Yana Kokorin. «Sochi» uni ijaraga olganini e'lon qildi, hujumchining o‘zi va Semak bu xabardan hayron
22:10 / 28.09.2019
Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi
11:47 / 17.09.2019
Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi
12:16 / 06.09.2019