«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev sud tomonidan qöllangan ehtiyot çorasini özgartirişni istayaptilar.

«Ular uy qamoğiga ötkaziş haqida iltimosnoma kiritişdi va bunday qaror qabul qilinişi mumkin», – dedi Moskva şahrining inson huquqlari böyiça mutasaddisi Tatyana Potyayeva.

Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va NAMI taşkiloti rahbari Sergey Gaysinni döpposlaşgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisiga hujum qilişgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Bu iş yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) böyiça jinoyat işi oçdi va sud iştirokçilarni 8 dekabrga qadar hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.